Hattoki Amerika iqtisodiy inqiroz arafasidami?

2023-yil boshida Milliy biznes iqtisodiyoti assotsiatsiyasi AQSh kompaniyalarining taxminan 20 foizi iqtisodiy vaziyat yomonlashgani sababli xodimlarni ishdan bo'shatishi mumkinligini aytgan edi. Uolt Disney kompaniyasi, Amazon, Meta*, Twitter, Alphabet, Microsoft, Boeing va boshqa bir qator kompaniyalar tomonidan tegishli e'lonlar allaqachon qilingan.

Endilikda Amerikaning McDonald's korporatsiyasi xodimlarni qisqartirishga tayyorlanmoqda, shu sababli kompaniya rahbariyati Qo’shma Shtatlardagi ofislarini vaqtincha yopishini buyurgan.

Eslatib o’tamiz, hozirda dunyo bo’ylab 150 ming kishi McDonald'sda o’z ish faoliyatini olib bormoqda.