Havo harorati yana pasayishi kutilmoqda

O'zgidromet xabariga ko'ra, joriy yilning 9-10-fevral kunlari O‘zbekiston hududiga markazi Rossiyaning Yevropa qismi ustida shakllangan sovuq antisiklon qismi kirib keladi.
9-fevralda respublika hududining katta qismida kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq, 10-fevralda kechasi 0-5 darajagacha, kunduzi -2 -3 daraja sovuq bo‘ladi. Respublika shimolida harorat kechasi -7 -12 darajagacha, Ustyurtda -15 darajagacha, kunduzi -2-7 darajagacha pasayadi.
Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Havo harorati pasayadi.






