Haydovchilikka tayyorlash boʼyicha kurslar narxi yil boshidan buyon 13,9 % ga qimmatlashgan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning mart oyida haydovchilikka tayyorlash boʼyicha kurslar narxlari fevral oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʼrtacha 13,3 % ga oshgan.

Haydovchilikka tayyorlash boʼyicha kurslar narxlari yil boshidan buyon oʼrtacha 13,9 % ga qimmatlashgan.

Haydovchilikka tayyorlash boʼyicha kurslar narxlari oʼtgan yilning mos davriga nisbatan yaʼni bir yilda oʼrtacha 15,2 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.