Hayit namozi munosabati bilan maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etilmoqda

Toshkent shahrida Ramazon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur avtobus yo‘nalishlari soat 04:00 dan 07:00 ga qadar harakatlangan holda fuqarolarning masjidlarga kelib ketishlari uchun xizmat ko‘rsatadi.

Eslatib oʻtamiz, Ramazon hayitining Oʻzbekistonda aynan qaysi kun nishonlanishi hali rasman eʼlon qilinmadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasiga koʻra, 21 aprel, jumaga to‘g‘ri kelishi haqida dastlabki xulosalar mavjud.