«Hayraton — Mozori Sharif» temir yoʼlidan foydalanish boʼyicha 2 yillik bitim imzolandi

12-fevral kuni Аfgʼoniston temir yoʼl boshqarmasi va “Sogdiana trans” ShK oʼrtasida “Hayraton — Mozori-Sharif” temir yoʼlida ekspluatatsiya ishlarini davom ettirish toʼgʼrisida yangi kelishuv imzolandi. Unga koʼra, “Sogdiana trans” yana ikki yil davomida oʼz faoliyatini davom ettiradi.
Shuningdek, tomonlar birgalikda “Mozori Sharif” bekatiga yuklarni yetkazib berishni tezlashtirish kelishildi. Bundan tashqari, Аfgʼoniston temir yoʼllari boshqarmasining mahalliy mutaxassislarini tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilishi belgilandi.






