Hayvon yuragi bilan 2 oylik hayot
Avvalgi postlarimizda amerikalik fuqaroga genetik o’zgartirilgan cho’chqa yuragi transplantatsiya qilinganligi haqida xabar berib o’tgan edik.
Kuni kecha ushbu fuqaro ikki oylik muddatdan so’ng vafot etdi.
Og’ir yurak kasalligiga chalingan AQSHlik Devid Bennet operatsiyadan keyin ikki oy davomida hayot kechirdi.
Bemor jarrohlik keltirishi mumkin bo’lgan potensial xavflardan xabardor edi. Boshqa chora yo’qligi sababli shifokorlar bilan maslahatlashgan holda jarrohlikga rozilik bergan edi.
Ammo uning ahvoli bir necha kun oldin yomonlasha boshlagan, dedi Baltimorlik shifokorlar. Shunday qilib, hayvon yuragi ko’chirib o’tkazilgan bemor 8 mart kuni 57 yoshida olamdan o’tdi.