Hayvon yuragi transplantatsiya qilingan Amerikalik ilk bemor

AQSH fuqarosi dunyodagi birinchi cho’chqa yuragi bilan transplantatsiya qilingan shaxs bo’ldi. Ma’lumotlarga ko’ra, bu jarrohlik amalyoti bemor Devid Bennetning hayotini saqlab qolishning yagona yo’li edi.

Xabar qilinishicha, Devid Bennet Baltimordagi yetti soatlik operatsiyadan uch kun o‘tib o’ziga kelgan, ammo uning omon qolish yoki qolmasligi haqida aniq tahminlar mavjud emas.

Transplantatsiya janob Bennetning hayotini saqlab qolishning yagona chorasi hisoblangan, chunki shifokorlar tomonidan unga inson yuragi ko’chirib o’tkazib bo’lmasligi ma’lum qilingan.

“Operatsiya dunyoni organ tanqisligi inqirozini hal qilishga bir qadam yaqinlashtiradi” – deydi jarroh Bartli Griffit.

Ayni paytda AQShda kuniga 17 kishi o’z transplantatsiyasini kutib olamdan o’tdi. 100 mingdan ortiq insonlar esa ushbu jarrohlik amaliyoti uchun navbat kutmoqdalar.