“HI-TECH BANK” xususiy aksiyadorlik tijorat banki bankrot deb topildi

Markaziy bank xabariga ko'ra, 2023 yil 17 martdagi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining “HI-TECH BANK” xususiy aksiyadorlik tijorat bankini bankrot deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorini e'lon qildi.

Markaziy bank Boshqaruvining tegishli qaroriga asosan “HI-TECH BANK” xususiy aksiyadorlik tijorat bankining tugatish komissiyasi vakolati tugatilganligi hamda sud tomonidan M.Gizatulin tugatish boshqaruvchisi etib tayinlanganligini ma’lum qildi.