Hilola Umarova BAA ta'lim vaziri bilan uchrashdi

O'zbekiston maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida BAA ga tashrifi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari ta'lim vaziri doktor Ahmad Belhul Al Falasi bilan uchrashdi va o'zaro hamkorlik masalalarini ko'rib chiqdilar.
Jumladan, O'zbekistonda xorijiy til sifatida arab tilida dars beradigan o'quv muassalari uchun metodik majmualarni takomillashtirish hamda pedagoklarni malakasini oshirish, ularni faoliyatini litsenziyalashtirish,maktab o'quvchilarini mutaxassisligi bo'icha o'z kasbiga yo'naltirish masalalari bo'icha fikr mulohazalar almashilindi.
Shu bilan birgalikda Hilola Umarova “Emirates National School" ixtisoslashtirilgan maktabida BAA prezidenti devonining ta'lim va tadqiqotlar boicha kotibi o'rinbosari do'ktor Abdulloh Mug'robiy bilan fikr almashishdi. Bunda STEM fanlar (fan, texnologiya, muhamdislik va matematika) hamda arab tilini o'qitish bo'icha BAA dan mutahassislarni jalb etish ko'zda tutilmoqda.
Shuningdek, Vazir Hilola Umarova boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining Alef Education tashkiloti bosh ofisida bo‘lishdi.
Tashkilot Bosh direktori Jefri Alonso va kompaniya vakillari bilan bo‘lgan o‘zaro uchrashuvlar davomida:
-Alef raqamli ta’lim platformasini O‘zbekistonda mahalliy sharoitga moslashtirilgan holda joriy etish,
-katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim boshqaruvida eng optimal qaror qabul qilish bo‘yicha Respublikamiz hududida tajriba-sinov loyihasini ishga tushirish,
-formativ va summativ baholash mexanizmini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.






