Hindiston Bosh vaziri ShHT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.