Hindiston Bosh vaziri ShHTning startaplari bo‘yicha ishchi guruh tuzish taklifini bildirdi

“Hindiston raqobatbardosh ustunliklarga ega yirik ishlab chiqaruvchi mamlakatdir. Bu yil biz iqtisodiyotning 7,5 foizga o'sishini kutmoqdamiz. Hindistonda 70 ming startap mavjud va bizning tajribamiz ShHT mamlakatlari uchun foydali bo‘ladi deyish mumkin”,- deya ta’kidladi Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi.
Shuningdek, Bosh vazir Hindiston ShHT mamlakatlari oʻrtasida anʼanaviy tibbiyot sohasida hamkorlikni kengaytirish tarafdori ekani va bu borada ShHTning maxsus ishchi guruhini tuzish tashabbusini bildidrdi.






