Hindistonda dunyodagi eng katta brilliant uzuk yasaldi

Hindistonning SWA Diamonds kompaniyasi dunyodagi eng katta brilliant uzukni yasadi. Uzukka jami 24 679 ta olmos qo‘yilgan bo‘lib, og'irligi 340 gramm. Uning qiymati 79 967 funt sterling ya’ni $95 243 ni tashkil qiladi.

Uning ko’rinishi pushti qo’ziqoringa o’xshaydi. Uzukka "Ami" deb nom qo’yishgan. Bu sanskrit tilida “boqiylik” degan ma’noni anglatadi.

Ushbu uzuk SWA Diamonds brendiga butun dunyo e'tiborini qaratish maqsadida yaratilgan. Kompanyaning ta’kidlashicha, uzuk prototipi avval plastik ko'rinishda yasalgan. Keyin 3D ko’rinishida suyuq oltin qolipga quyilib, 41 ta qo'ziqorin barglari shakliga keltirilgan. Har bir olmos qo’l mehnati bilan birma-bir yopishtirilgan.