Hindistonda oltin xarid qilish mumkin bo'lgan ilk bankomat ishga tushdi

Hindistonning Haydarobod shahrida (Telengan shtati) kredit yoki debet plastik kartochkalaridagi pul evaziga tilla tanga sotib olish imkonini beruvchi bankomat ishga tushdi. Xakerlikdan ishonchli himoya tizimiga ega bankomatda 5 kg 24 karatli oltin tangalar saqlanadi, bu ularni sakkizta variantda - 0,5 g dan 100 g gacha sotib olish imkonini beradi.

“The Economic Times” gazetasining yozishicha, bu nafaqat Hindistonda, balki dunyoda real vaqt rejimida ishlaydigan birinchi shunday mashinadir.

Qurilma Hindistonning Goldsikka Pvt Ltd xususiy kompaniyasi tomonidan chiqarilgan bo'lib, ushbu qurilma orqali oltin sotishning innovatsion texnologiyasini ishlab chiqdi.

Bankomatning muhim xususiyati shundaki, uning ekranidagi oltin narxi London fond birjasidagi kotirovkalari o‘zgarishiga muvofiq real vaqt rejimida yangilanadi. Bankomat xakerlikdan ishonchli himoya tizimiga ega. U o‘rnatilgan videokamera, ovozli signalizatsiya bilan jihozlangan va politsiya bilan aloqa liniyasiga ega.

Goldsikka vakillarining so‘zlariga ko‘ra, qurilma barchaga bank yoki zargarlik do‘konlariga bormasdan, moliyaviy yo‘qotishlardan qochib, oltinga sarmoya kiritish uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Faoliyatining birinchi kunida bankomat 20 nafar mijozga xizmat ko‘rsatgan. Goldsikka Hindistonda 3000 ta shunday bankomat o‘rnatib, o‘z mahsulotlari bilan jahon bozoriga chiqishni rejalashtirmoqda.