Hindistonda PUBG o‘ynash taqiqlandi

Mobil o‘yinning hindcha varianti Battlegrounds Mobile India deb nomlanadi, asosiy versiya 2020-yilda taqiqlangan. O‘yin mamlakatdagi Google Play va App Store do‘konidan olib tashlangan.

O‘yinni ishlab chiqaruvchi Krafton studiyasi o‘yin Hindistonda olib tashlanganini tasdiqlagan va bunga tushuntirish talab qilgan. Buning ortidan Janubiy Koreya kompaniyasi aksiyalari 9 foizga arzonlashgan.

Taxminlarga ko‘ra, Battlegrounds Mobile Indianing taqiqlanishi ma’lumotlarning Xitoy serverlariga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu foydalanuvchilarning xavfsizligiga tahdid solishi mumkin. Krafton uchinchi tomon serverlariga ma’lumotlarni yuborish faktini tasdiqlagan, ammo hamma narsa qonuniy ravishda sodir bo‘layotganini aytgan.

"Boshqa mobil o‘yinlar va ilovalar singari, Battlegrounds Mobile India ham o‘ziga xos o‘yin funksiyalarini taqdim etish uchun uchinchi tomon yechimlaridan foydalanadi. Ushbu yechimlardan foydalanish jarayonida ba’zi o‘yin ma’lumotlari uchinchi tomonlarga uzatiladi", —degan Krafton vakili.