Hindistonda raqamli valyuta

Hindiston rupiyning raqamli versiyasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Hindiston moliya vaziri Nirmala Sitharamanning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat markaziy banki aprel oyida boshlanadigan yangi moliya yilida valyutani “blokcheyn va boshqa texnologiyalardan foydalangan holda” muomalaga kiritmoqchi.
1 - fevral kuni parlamentga Hindistonning yillik byudjetini taqdim etar ekan, Sitharaman raqamli rupiya "raqamli iqtisodiyotga katta turtki berishini" ta’kidladi. U raqamli valyutani ishga tushirish nimaga olib kelishi, dastlab raqamli rupiya qanchalik keng qo‘llanilishi va uning qanday ta’sir qilishi haqida qo‘shimcha ma’lumot berib o’tmadi.
Raqamli to‘lovlar Hindistonda 2016 - yil oxiridan beri, Bosh vazir Narendra Modi mamlakatning ikkita eng yirik rupiya banknotlarini taqiqlaganidan beri omma orasida mashhurlikka erishdi. “Paytm” mahalliy kompaniyasidan tashqari, dunyodagi eng yirik texnologiya kompaniyalari, jumladan Google va Facebook Hindistonning naqd pulsiz to'lovlar tizimiga qo'shildi.






