Hindistonlik tadbirkor Osiyoning eng boy ayoliga aylandi

“Jindal Group” sanoat konglomerati egasi hindistonlik Savitri Jindal 15,6 milliard dollar boyligi bilan Osiyoning eng boy ayoliga aylandi. U o‘z daromadini 2 yil ichida 12 mlrd dollarga oshirgan.

Qayd etilishicha, ikki yil avval Jindalning boyligi bor yo‘g‘i 3,2 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yil aprelida u 10 milliard dollardan oshgan.

Unga tegishli bo‘lgan “Jindal Group” po‘lat va sement ishlab chiqaradi, energetika infratuzilmasi bilan shug‘ullanadi. Ayol konglomerat asoschisi, ya’ni eri 2005-yilda vertolyot falokatida halok bo‘lganidan ko‘p o‘tmay kompaniya boshqaruvini qo‘lga olgan.

P.S. “Bloomberg” tuzgan reytingga ko‘ra, dunyoning eng boy 500 kishisidan 68 nafari ayollardir.