Hokim o‘rinbosari lavozimiga oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar ariza berishlari mumkin

Nomzodlar ochiq tanlov asosida qabul qilinadi.
2022-yil 1-yanvardan boshlab har bir mahallada tuman (shahar) hokimining tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimi tashkil etiladi.
Ushbu lavozimga quyidagilar tayinlanadi:
• Iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikni qisqartirish, Moliya, Bandlik va mehnat munosabatlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, tijorat banklari va boshqa vazirliklarning mas’ul xodimlari;
• Ochiq tanlov asosida ishga qabul qilingan nomzodlar;
• Tadbirkorlar, faol yoshlar, nodavlat xodimlar va kollej bitiruvchilari ham ishga olinishi mumkin.






