Hokim va hokim o‘rinbosarlari faoliyatining reytingi e’lon qilindi

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan respublikaning barcha tuman, (shahar)larida hokim va hokim o‘rinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (EMSK, KPI) asosida baholash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Samaradorlik ko‘rsatkichlari natijalari Agentlikning argos.uz portalining "Reyting" (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi) menyusida joylashtirildi va u quyidagi qismlardan iborat:
- Natijadorligi yuqori hududlar
- Ko‘rsatkichlari eng yuqori tuman (shahar)lar
- Hududlarda ko‘rsatkichlari eng quyi tuman (shahar)lari
- Hokim o‘rinbosarlarining EMSK bo‘yicha reytingi
- Shuningdek, elektron xizmatda tuman (shahar) hokimlarining TOP - 20ligi, tuman (shahar) hokimlarining QUYI - 20ligi ham joy olgan.

Izoh: Ushbu reyting natijalari 2021 yil iyun holati bo‘yicha shakllantirilgan.