Hokimlar bu mablagʼlarni qaytarishni oʼylamasa, oilaviy tadbirkorlik qayerdan boʼladi? – Prezident

Yigʼilishda ilgari ajratilgan kreditlarning qaytarilishi masalasiga toʼxtalib oʼtildi. "Hokimlar bu mablagʼlarni qaytarishni oʼylamasa, oilaviy tadbirkorlik qayerdan boʼladi? Аxir bu pullar qaytsa, yana tumanning oʼziga beriladi-ku!", - dedi Prezident. Mutasaddilarga ushbu masalani qatʼiy nazoratga olish topshirildi.

Shuningdek, bandlik vaziriga yangi vazirlikka buudjetdan ajratilgan 1,5 trillion soʼmni avvalo eng ogʼir mahallalarda kambagʼallikni qisqartirishga yoʼnaltirish boʼyicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

Bosh vazir oʼrinbosariga, Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga viloyat hokimliklari bilan birga jalb qilingan 135 million dollarlik kredit liniyasi boʼyicha ogʼir mahallalar kesimida tadbirkorlik loyihalari paketini shakllantirib, ushbu mahallalarda kamida 50 ming aholini band qilish vazifasi qoʼyildi.