«Humo Arena»da professional boks oqshomi tashkil etiladi

Joriy yilning 13-avgust kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena" sport majmuasida boks bo‘yicha olimpiya o‘yinlari g‘oliblari, jahon chempionlari, ko‘plab xalqaro turnir g‘oliblari bo‘lgan bir qator bokschilar ishtirokida professional boks oqshomi tashkil etiladi.
O‘zbekiston professional boks federatsiyasi vakillarining ma’lum qilishicha, mazkur boks kechasining markaziy jangi 2016-yilgi Rio Olimpiadasi oltin medali sohibi Fazliddin G‘oyibnazarov hamda venesuelalik Haviyer Parra o‘rtasida o‘tkaziladi. Qayd etilishicha, jang 10 raund etib belgilangan.
Boks musobaqasida shuningdek, jahon chempionlari Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzaxalilov, harbiylar o‘rtasida jahon chempioni Lazizjon Mullajonov ringga ko‘tariladi.






