Hunarmandlar markaziga tashrif

Dastlab, delegatsiya a’zolari Qo‘qon shahrida o‘zbekona lutf va milliy qadriyatlarimizga xos tarzda munosib kutib olindi.

Sammitda ish kunining bugungi rejasida delegatsiya a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun infotur tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra dastlab, infotur ishtirokchilari Marg‘ilon shahridagi “Hunarmandlar markazi” faoliyati bilan tanishdilar. So‘ngra ular Rishton tumanidagi “Xalqaro kulolchilik markazi”dagi mahorat darslariga ham guvoh bo‘ldilar. Shuningdek, delegatsiya a’zolari ushbu tumandagi “Xo‘ja Rishoniy” ziyoratgohida ham bo‘lib, ushbu qadamjoning tarixi bilan yaqindan tanishdilar.

Bizni kuzatishda davom eting.