Hyatt Regency Tashkent $87 millionga sotildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Abu Dhabi Uzbek Investment» kompaniyasi bilan «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasini 87 million dollarga sotish bo`yicha kelishuvga erishdi.
Dastlab Amerika, Osiyo, Yevropa va O‘zbekistonning o‘zidan besh nafar arizachi mehmonxonani xususiylashtirmoqchi bo‘lgan. Uch nafar investor majburiy takliflarni qabul qilishning yakuniy bosqichiga o‘tdi.
Ularga har tomonlama moliyaviy, soliq, huquqiy va ekologik tahlillar bo'yicha mustaqil hisobotlarni taqdim etadigan virtual ma'lumotlar xonasidan foydalanish imkoniyati berildi.
Eng yaxshi xarid narxi «Abu Dhabi Uzbek Investment» tomonidan taqdim etildi, natijada kompaniya xalqaro tenderda g‘olib deb topildi.
Agentlikning ta'kidlashicha, investor sotib olish qiymatidan tashqari 12 million dollarlik investitsiya majburiyatlarini ham qabul qiladi. Tranzaksiya uchun to'liq to'lov oldi-sotdi shartnomasi imzolangandan keyin bir to'lovda amalga oshiriladi.
Ma'lumot o'rnida qayd etish joizki, «Abu Dhabi Uzbek Investment» sarmoyasi 1 milliard dollar boʻlgan investitsiya kompaniyasi boʻlib, Oʻzbekiston va BAA oʻrtasidagi ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga hissa qoʻshadigan loyihalarga sarmoya kiritadi.






