Jurnal chiqganidan juda mamnun bo'ldim - Sherzodxon Qudratxo'ja

Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Raisi, siyosatshunos olim, professor Sherzodxon Qudratxoʻjaga Bright Uzbekistan jurnalining ilk soni taqdim etildi.

Loyihamiz qahramonlaridan biri bo'lgan, ustoz Sherzodxon Qudraxo'jaga bugun Bright Uzbekistan jurnalining ilk soni taqdim etildi. Xabaringiz bor, Sherzodxon Qudratxo'ja bilan loyiha doirasida Oʻzbekistonda Jurnalistika sohasi tarixi, hozirgi kuni va kelajagi borasida qiziqarli suxbat tashkil qilingan edi.

"Jurnalni chiqichini kutgan edim, ko'rib juda mamnun bo'ldim, haqiqatdan sifatli va qiziqarli jurnal bo'libdi" - deya ta'kidladi Sherzodxon Qudratxo'ja.

Uchrashuv davomida loyiha asoschisi, Davron Abdullaevga Bright Uzbekistan jurnalini, O'zbekiston Milliy media assotsiatsiyasiga a'zo qilish taklifi berildi va tashkilot binosi bo'ylab ekskursiya tashkil etildi.