Ibatov's Clinic endi Qozog'istonda

"Bright Uzbekistan" xalqaro loyihasining yangi hamkorlaridan biri sanalgan, "Ibatov's Clinic" asoschisi Nodir Ibatov joriy yilning 1-oktabr kuni Qozog'istonning Shimkent shahrida yangi filiali faoliyatini yo'lga qo'ydi.

Ma'lumot o'rnida, Nodir Abdullaevich Ibatov — shifokor-otolaringolog, plastik jarroh va Toshkent shahridagi “Ibatov’s Clinic” plastik jarrohlik markazining asoschisi.

U Toshkent tibbiyot akademiyasining tibbiy-pedagogika fakultetini hamda magistraturani Toshkent pediatriya institutining otolaryngologiya fakultetida imtiyozli diplom bilan tamomlagan, 2010-yildan buyon tibbiy amaliyot bilan faol shug‘ullanib kelmoqda, shuningdek, turli mamlakatlarda 10 dan ortiq malaka oshirish kurslarini tamomlagan.

Doktor Ibatov 2019-yilda “Ibatov’s Clinic” nomidagi klinikasini tashkil etib, u yerda sog‘liqni saqlash va estetik tibbiyot sohasidagi eng yaxshi mutaxassislarni jamlagan.