IBF reytingining yangilangan versiyasidan 3 nafar o'zbekistonlik bokschi oʻrin oldi

Butunjahon boks federatsiyasi sentabr oyi uchun IBF reytingining yangilangan versiyasini eʼlon qildi. Mazkur reytingdan 3 nafar o'zbekistonlik bokschi oʻrin oldi.

Bular:

Birinchi yarim yengil vazn toifasida (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev chempion;
Super yengil vazn toifasida (63,5 kg) Shohjahon Ergashev 4-oʻrinni band etdi;
Yarim oʻrta vazn toifasida (66,6 kg) IBF Shimoliy Amerika mintaqaviy chempionlik kamari sohibi Shahram Gʻiyosov reytingning 9-pogʻonasidan oʻrin oldi.
Avvalroq, Murodjon Ahmadaliyev O'zbekiston tarixida ilk marta WBA va IBF yo'nalishlari chempioniga aylangan edi.