Ibrohimxalil Yo'ldoshev "Nijniy Novgorod" ning o'yinchisiga aylandi

Terma jamoamiz himoyachisi Ibrohimxalil Yo'ldoshev "Nijniy Novgorod" futbolchisi bo'ldi, deya xabar beradi futbol jamoasi rasmiy sayti.

"Menda juda ko'p takliflar bor edi. Italiya klubi "Jenoa" ga o'tishga yaqin edim, u yerda mening vatandoshim Eldor Shomurodov o'ynagan. U menga Rossiya chempionatida o'zimni sinab ko'rishni maslahat bergan edi", - dedi futbolchi intervyusida.

Vatanimizda Yo'ldoshev "Paxtakor" va "Bundekor" jamoalari uchun bahs olib borgan. Joriy mavsumda birinchi klub uchun 17 ta o'yin o'ynadi, ikkita gol urdi. O'zbekiston terma jamoasi uchun Yo'ldoshev to'qqizta o'yin o'tkazdi.