ID-kartaga ega haydovchilardan haydovchilik guvohnomasini ko’rsatish talab etilmaydi

Identifikasiya ID-kartaga ega haydovchilar yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini YPX xodimiga taqdim qilmaslik huquqiga ega.
Shuningdek “Huquqiy axborot” xabarida qayd etilishicha, haydovchilar:
- transportni ro'yxatdan o'tkazganlik to'g'risidagi, transportga egalik qilish, egasi yo'qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
- transport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta polisini ham YPX xodimiga taqdim qilmaslik huquqiga ega.






