ID-kartaga ega haydovchilardan haydovchilik guvohnomasini ko'rsatish talab etilmaydi

Joriy yilning 1-mart sanasidan boshlab haydovchi yonida pasporti yoki ID-kartasi bo'lganida undan haydovchilik guvohnomasini ko'rsatish talab etilmaydi.

Shuningdek, shu yilning 1-martidan:

Avtotransportlarda taqiq mavjudligini my.gov.uz orqali tekshirish mumkin;

Ish beruvchilarga nogironlar uchun to'langan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi;

Meva-sabzavotchilik klasterlariga sug'urta mukofotining 50 foizi qoplab beriladi;

Yoshlarga ayrim yordam turlari mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida beriladi;

Ijtimoiy nafaqa oluvchi o'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz shaxslarga kompensatsiya to'lovi joriy etiladi.