IHT Tashqi ishlar vazirlari Kengashining 26-yigʻilishiga start berildi

Ayni damda Toshkentda Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari Kengashining 26-yigʻilishiga start berildi.
Yigʻilishda IHTga a’zo davlatlar: Turkiya, Eron, Ozarbayjon, Pokiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afgʻoniston Tashqi ishlar vazirlari ishtirok etishmoqda.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov yigʻilishga raislik qilmoqda.
IHT – 1985-yilda mintaqa mamlakatlari o'rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ko'maklashish maqsadida tashkil etilgan mintaqaviy ko'p tomonlama tuzilma sanaladi.
O'zbekiston 1992-yilda tashkilotga a’zo boʻlgan va 2022-yilda birinchi martta IHTda Oʻzbekiston tomoni raislik muddati boshlangan.






