IHTga aʼzo mamlakatlar Qishloq xo‘jaligi vazirliklari ekspertlaridan iborat ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 5-iyul kuni Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) aʼzo mamlakatlar Qishloq xo‘jaligi vazirliklari ekspertlaridan iborat ishchi guruhning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tashkil etildi.
Yig‘ilishda 10 ta davlat – Afg‘oniston, Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi.
Ishchi guruh yig‘ilishining asosiy mavzusi oziq-ovqat xavfsizligi va IHT a‘zo davlatlari o‘rtasida savdo-sotiqni osonlashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga bag‘ishlandi. Qishloq xo‘jaligining oziq-ovqat xavfsizligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan urug‘chilikni rivojlantirish sohasiga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
Ushbu tadbir IHTga aʼzo davlatlar qishloq xo‘jaligi vazirlarining VII yig‘ilishi arafasida bo‘lib o‘tdi.






