II Xalqaro hunarmandchilik festivali Qo'qonda bo'lib o'tadi

Mamlakatimiz Prezidentining qabul qilingan farmoniga muvofiq, 2022-yilda O'zbekistonda II Xalqaro hunarmandchilik festivali bo'lib o'tadi.

Iste’dodli hunarmandlar va iqtidorli yoshlarni "Men Qo'qonga boraman" shiori ostida o'tkaziladigan festivalga jalb qilish maqsadida ikki bosqichdan iborat quyidagi ko'rgazma va tanlovlar tashkil etiladi:
I bosqich - 2022-yil aprelda tumanlarda (shaharlarda) o'tkaziladi;
II bosqich - Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2022-yil iyun oyida o'tkaziladi.

Aytish joizki, ushbu festival xalqlar o'rtasidagi do'stlik va hamkorlikni mustahkamlashga, hunarmandlar va hunarmandchilik maktablarining an'analarini tiklashga va saqlashga turtki beradi.