IIV va Milliy gvardiya xodimlari saylovda xavfsizlikni taʼminlaydi

2021-yil 7-oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Unda saylov jarayonida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari, halqaro kuzatuvchilar va OАV vakillarini akkreditatsiyadan oʼtkazish masalalari koʼrib chiqildi.
Qayd etilganidek, Oʼzbekiston Prezidenti saylovini oʼtkazishda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Jamoat xavfsizligini taʼminlaydigan masʼul xodim saylov byulletenlari olingan kundan boshlab byulletenlar hamda boshqa hujjatlar saqlanadigan binoning qoʼriqlaydi, shuningdek okrug va uchastka saylov komissiyalari aʼzolari kuzatuvi ostida saylov natijalariga doir hujjatlarni tashishda xavfsizlikni taʼminlaydi.

Shu bilan birga, saylovchilarning yashirin ovoz berish huquqi, oʼz xohish irodasini bildirish tengligi va erkinligini, shuningdek saylov jarayoni ishtirokchilarining qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklarini buzmagan holda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash choralarini koʼradi.

Xodimga Saylov kommiyasi faoliyati aralashish taʼqiqlanadi.

Tadbirda akkreditatsiyadan oʼtgan Xalqaro kuzatuvchilar va OАV vakillarining bugungi kundagi soni eʼlon qilindi.
Hozirga kelib, 10 ta davlatdan 380 nafar xalqaro kuzatuvchi roʼyxatdan oʼtkazildi.

Аkkreditatsiyadan oʼtkazilgan mahalliy OАV vakillari jami 1357 nafar, xorijiy OАV vakillari esa 146 nafarni tashkil etmoqda.