Ikki davlat rahbarlari tegishli tuzilmalarga o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishga kelishib oldilar

Samarqandda Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari chegaradagi vaziyat yuzasidan yuzma-yuz muzokara o‘tkazdi.

Ikki davlat rahbarlari tegishli tuzilmalarga o‘t ochishni to‘xtatish, qo‘shin va vositalarni to‘qnashuv chizig‘idan olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishga kelishib oldilar.

Shuningdek, davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlararo komissiyasi ishini jadallashtirish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.