Ilhom Аliyev barcha turkiy davlatlar rahbarlarini Qorabogʼ va Zangizarga taklif etdi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Аliyev Turkiy Davlatlar Tashkilotining Samarqand sammitidagi nutqida Shavkat Mirziyoyevga Fizuliy viloyatida maktab binosi qurish tashabbusi uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek Aliyev barcha turkiy davlatlar rahbarlarini Qorabogʼ va Zangizarga taklif etdi
“Qorabogʼdagi urush yakun topdi. Biz Zangizar koridorini ochdik. Bu koridorning ochilishi mintaqaning barcha mamlakatlariga naf keltiradi”, deya ta’kidladi Ilhom Аliyev.






