Ilk iPhone auksionda 63 000 dollarga sotildi. Uning egasi kim edi?

LCG auksionda original, ochilmagan, birinchi avlod iPhone telefoni 63 ming 356 dollarga sotildi. Ma'lumotlarga ko'ra, 8 GB hajmli iPhone modeli 2007-yil 29-iyunda chiqarilgan va o'sha paytda 599 dollarga sotilgan.
LCG auksionlarida savdolar fevral oyining boshida 2,5 ming dollardan boshlandi. Auksion so'ngigacha taxminiy sotuv narxi 60 ming dollardan oshib ketdi. Jami 27 ta taklif kelib tushdi. Yakuniy taklif 2007-yildagi smartfon narxidan deyarli 106 baravar qimmatga tushdi.
Telefonning egasi Karen Grin 15 yil oldin uni do'stlaridan sovg'a sifatida olgan. O'sha paytda egasi Verizon mijozi bo'lgan, telefon faqat AT&T tarmog'ida ishlagan, shuning uchun u telefonni javonda saqlangan va o'n yildan ortiq vaqt davomida unutilgan.
Keyin telefon 2019-yilda taxminiy qiymati 5000 dollarga baholangan va oxir-oqibat shu oy boshida kim oshdi savdosiga qo'yilgan. Ma’lum qilinishicha, Karen Grin kim oshdi savdosidan tushgan mablag'ni biznesni ochishga sarflaydi.






