Ilk Xiaomi avtomobili

Xitoyda sinovdan o’tkazilayotgan ilk Xiaomi avtomobilining suratlari hamda narxlari haqidagi ma’lumotlar ochiqlandi. Xiaomi kompaniyasining birinchi avtomobili Modena kodli nom ostida sinovdan o’tkazilmoqda. Qayd etilishicha, avtomobilning ommaviy ishlab chiqarilishi 2024-yilga mo’ljallangan.

Ma’lum qilinishicha, avvalroq ushbu avtomobilning narxi 150-200 ming yuanni (22-29 ming dollar) tashkil qilishi taxmin qilingan edi. Ammo endi e’lon qilinishicha, uning narxi 260-300 ming yuanga (38-44 ming dollar) baholanmoqda.

Qayd etilishicha, avtomobilning ommaviy ishlab chiqarilishi 2024-yilga mo’ljallangan. Sinov mashinasi aerodinamik kuzov shakliga va uzun kapotga ega elektr sedan hisoblanadi, uning old oynasi ustida lazerli masofa o’lchagich ham bor.

Ta’kidlanishicha, Modena avtomobili uchta versiyada sotuvga chiqariladi, ularning har biriga Qualcomm 8295 chipi o’rnatiladi. Ularning ikkitasiga BYD kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, 400 volt quvvatlash imkoniyatiga ega Blade temir-fosfat akkumulyatorlariga, uchinchi versiyasi esa CATL kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Qilin batareyasiga ega bo’ladi. U 800 volt zaryadlash imkoniyatiga ega bo’lib, atigi 15 daqiqada 0 dan 80% gacha quvvatlanish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Shuningdek, Xiaomi kompaniyasi 2025-yilda Le Mans kodli nom ostida elektromobil ishlab chiqarishi haqida ma’lumotlar mavjud.