11 - yanvardan ta'lim muassasalarida bosqichma-bosqich dars mashg‘ulotlari boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni bilan OTM, texnikum, kollej, kasb hunar maktablari va akademik litseylarda o‘quv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tashkil etish tavsiya etildi.
Ta’lim muassasalari rahbarlari va tegishli mahalliy hokimliklar talaba-o‘quvchilarni xabardor qilish, ularni OTM joylashgan hududga yetib kelishini ta’minlash hamda mazkur jarayonlarni shaxsan nazoratga oladi.
Ob-havo sharoitlari tufayli o‘qishga kelolmagan talabalarga tegishli masofaviy dasturlar taklif qilinadi.






