Ilon Mask bilan birga fazoni zabt etgan O'zbekistonlik

Exolaunch bosh direktori, 42 yoshli Dmitriy Bogdanov O'zbekistonda tug'ilgan. Talabalik paytida u kosmik texnologiyalar kafedrasida dotsent bo'lib ishlay boshladi.
2011 yilda Exolaunch GmbH kompaniyasini ro'yxatdan o'tkazdi. Buyurtmachi Berlin va Drezden texnik universitetlari edi, ular uchun kislorodni o'lchash va universitet ishlanmalarini sinovdan o'tkazish uchun kosmosga uchta kichik sun'iy yo'ldoshni ishga tushirish kerak edi.
Birinchi parvoz uning uchun juda foydali bo'ldi, nemis universitetlari uchun boshlang'ich narxi $ 70 000 edi, ulardan 7% Exolaunch komissiyasining ulushiga to'g'ri keldi. Bogdanovning so'zlariga ko'ra, 2016 yilgacha kompaniya 5-7 ta mijozga ega edi va daromadi $1 milliondan kamroq edi, 2017 xaridorlar soni 20-30 kompaniyga oshdi va daromad 10 million dollardan oshdi.
Exolaunch 2020 yilda esa SpaceX bilan hamkorlikni boshladi.
Bogdanovning ta'kidlashicha, 2020 yilda butun Exolaunch kompaniyasining sof foydasi 3 million Yevroga teng edi. Uning so'zlariga ko'ra, daromad o'n millionlab Yevroga yetdi va hozirda kompaniya Spire Global, NanoAvionics, Satellogic, Kepler Communications va boshqalar. Mijozlar soni 50 dan oshganini ta'kidladi.






