Ilon Mask bir haftada 14,5 mlrd dollar yoʻqotdi

Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Maskning boyligi bir hafta ichida 14,5 mlrd dollarga kamaydi. Bu haqda Forbes xabar berdi.

Qayd etilishicha, Maskning boyligi kamayishiga Tesla aksiyalarining 10,8 foizga arzonlashgani sabab boʻlgan.

Hozirda uning boyligi 187,9 mlrd dollarni tashkil qilmoqda va u hali ham AQSHdagi eng badavlat tadbirkor hamda dunyoning ikkinchi yirik millarderi boʻlib qolmoqda.