Ilon Mask dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin

2024-yilga kelib Tesla bosh direktori Ilon Mask dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin. Biznesmenning boyligi 2024-yilga borib 1,38 trillion dollarga yetadi.

Maʼlumotlarga koʻra, 2017-yildan beri Maskning boyligi yiliga oʻrtacha 129 foizga oshgan, bu esa uni ikki yil ichida potentsial ravishda dollar trillioneriga aylantirishi mumkin.

Bu sur'atda uning boyligi 2024-yilga borib, Mask 52 yoshda bo'lganda 1,38 trillion dollarga yetadi.

P.S. Joriy yilning yanvar oyida Ilon Maskning boyligi 300 milliard dollardan oshdi. Bu Tesla aksiyalarining o'sishi fonida sodir bo'ldi.