Ilon Mask o’zini yangi sohada sinab ko’rmoqchi

Tinib tinchimas milliarder endi video o'yinlar sanoatida o'z imkoniyatlarini sinab ko’rmoqchi.

Mask Tesla avtomobillariga mos keladigan o'yinlar sonini kengaytirish ishtiyoqida. Buning uchun esa u katta maqsadni ko‘zlamoqda. Milliarder Tesla axborot-ko‘ngilochar tizimiga mashhur Steam platformasida mavjud bo‘lgan 50 000 dan ortiq video o‘yinlarni kiritmoqchi.

Twitter foydalanuvchilaridan biri "Cyberpunkning yangi Model S/X versiyasi qachon taqdim etiladi?" – deb savol qoldirdi.

Mask esa shunday javob berdi: "Biz Steam o'yinlarini Tesla avtomobillarida taqdim etish ustida ishlayapmiz. Avvalgisi allaqachon o’z vazifasini bajarib bo’ldi”.