Ilon Mask: Starlink internet tarmog‘i barcha qit’alarda ishga tushdi

“Starlink tarmog‘i endi barcha qit’alarda, shu jumladan, Antarktikada ham ishga tushdi”, — deya yozgan SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask o’z Twitter sahifasida.

Bir kun avval SpaceX 54 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshidan iborat navbatdagi partiyani orbitaga chiqardi, bu yil boshidan buyon qurilmalarning oltinchi marta uchirilishi bo‘ldi. Fazoga olib chiqilgan qurilmalarning umumiy soni 3 mingdan oshadi.

Starlink saytidagi xaritaga ko‘ra, hozir internet tarmog‘i Shimoliy Amerika, Yevropa, Avstraliya, Braziliya va yana bir nechta mamlakatlar hududlarida ishlayapti. Qolgan davlatlarda tarmoq faoliyatining boshlanishi kelasi yilga belgilangan yoki hali aniq emas. Bunday belgilar Antarktika hududlarida ham turibdi.

P.S. Starlink - bu sun'iy yo'ldoshlar tizimini yaratish loyihasi bo'lib, uning maqsadi yuqori tezlikdagi Internetga global kirishni ta'minlashdir. Sun'iy yo'ldoshlar balandligi 550 km bo'lgan orbitaga joylashtirilmoqda.