Ilon Mask Twitter xodimlari bilan uchrashuvda ishdan bo'shatish haqida kinoya qildi

Multimilliarder Ilon Mask Twitter xodimlari bilan bo’lgan birinchi uchrashuvda, uning ijtimoiy media kompaniyasini sotib olish bo‘yicha 44 milliard dollarlik taklifi muvaffaqiyatli bo’lgan taqdirda, ish joylarini qisqartirish istagi borligiga ishora qildi.

U, shuningdek, masofaviy ish, so'z erkinligi va yerdan tashqaridagi hayot kabi mavzularga murojaat qilib o’tdi.

Janob Mask aprel oyida firmaga o'z taklifini kirigandan buyon ilk bora xodimlar bilan suhbat uyushtirdi.

Unga soxta akkauntlar haqida ma'lumot berilmagan taqdirda, shartnomani bekor qilishi mumkinligini ta’kidladi.

Payshanba kuni Twitter xodimlari bilan boʻlib oʻtgan keng koʻlamli videomuloqotda janob Mask Twitterdagi ish joylarining qisqartirilishi kompaniyaning moliyaviy ahvoliga bogʻliq boʻlishini aytdi.

"Kompaniya sog'lom bo'lishi kerak. Ayni paytda xarajatlar daromaddan oshib ketdi", dedi u.

Biroq, uning qo'shimcha qilishicha, kompaniyaga katta hissa qo’shuvchi xodimlar ushbu qarordan tashvishlanmasa ham bo’ladi.