Ilon Mask Twitterni 44 mlrd dollarga sotib oladi

Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘ini 44 mlrd dollarga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
“Umid qilamanki, hatto mening eng yomon tanqidchilarim ham Twitterda qolishadi, chunki aynan shu so‘z erkinligini anglatadi”, deb yozdi Mask.
Shuningdek, “Bu bilan millionlab foydalanuvchilar va global liderlar to‘plangan ijtimoiy media platformasi nazorati dunyodagi eng boy odamga o‘tadi”, deyiladi xabarlarda.
O‘tgan hafta noaniq bo‘lib ko‘ringan kelishuv bo‘yicha muhokamalar hafta oxirida Mask Twitter aksiyadorlarini o‘z taklifining moliyaviy tafsilotlari bilan qiziqtirganidan keyin tezlashgani aytiladi.
U kompaniyaning har bir aksiyasini 54,20 dollarga sotib olishga kelishgan. Bitim amalga oshishi uchun Mask 25 mlrd dollardan ortiq kredit mablag‘larini jalb qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, yangilikdan so‘ng Twitter aksiyalari 5,7 foizga oshib, 51,70 dollarni tashkil qildi.
Shartnoma Twitterning 2013-yildan buyon davlat kompaniyasi sifatidagi faoliyatini yakunlaydi va xususiylashadi.






