Ilon Mask Twitterni sotib olmoqchi

SpaceX va Tesla asoschisi kompaniyaning har bir aksiyasi uchun $54,2 qiymatni taklif etdi. Agar bu kelishuv amalga oshsa Twitterning umumiy qiymati $43 mlrdga baholanadi.
Xabar e’lon qilingan vaqtda kompaniya aksiyalari narxi $45,85 ni tashkil etgan. Bu $36,71 mlrd kapitalizatsiyaga teng degani.
Taklif berilgan aksiyalar narxi 18% ga qimmatlashgan.
Aprel oyining boshida Ilon Mask ommaga Twitterning 9% aksiyasini sotib olganini oshkor etgan edi. Biroz o’tib kompaniya sarmoyadori o’z vaqtida e’lon qilmaganligi uchun Maskning ustidan sudga murojaat etdi.
Ma’lumot uchun: Twitterning yirik sarmoyadorlaridan biri, Saudiya arabistoni shahzodasi Al — Valid ibn Talal Al Saud Maskning taklifini rad etdi. Uning fikricha kompaniya taklif etilayotgan narxga munosib emas.






