Ilon Mask XKSni AQSH yoki Yevropa ustiga qulashidan qutqarib qola oladimi?

Rossiya kosmik agentligi rahbari Dmitriy Rogozin AQSH va boshqa dunyoning ko'plab mamlakatlari qo'llayotgan sanksiyalar tufayli AQSh va Yevropaga Xalqaro kosmik stansiya (XKS) toʻqnashuvi bilan “tahdid” qilgandek boʻldi.
Rogozin payshanba kuni o’z Twitter sahifasida Rossiyaning XKSdagi ishiga to'sqinlik qiladigan sanksiyalar 500 tonnalik stansiyaning AQSH yoki Yevropa ustiga qulashiga olib kelishi mumkinligini aytdi.
"XKSni AQSh va Yevropaga qulashidan kim qutqara oladi?” deb yozadi Rogozin Twitterda.
Potensial bo'lajak “qahramon”lardan biri Ilon Mask Rogozinga tezda javob qaytardi. Tesla va SpaceX bosh direktori milliarder Roskosmos rahbariga oddiy javob bergan holda o'z kompaniyasining logotipini tvit qilib qoldirdi.






