Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi hayvonlarga shafqatsizlik to’g’risidagi da’voni rad etmoqda

Tesla yaratuvchisi Ilon Mask tomonidan asos solingan yana bir kompaniya Neuralink hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik haqidagi da'volarni rad etdi. Ushbu kompaniya inson miyasini kompyuter bilan bog'laydigan qurilma yaratish uchun tashkil etilgan.

O'tgan hafta AQSh Qishloq xo'jaligi vazirligiga taqdim qilingan shikoyatda texnologiyani sinovdan o'tkazish uchun foydalanilayotgan makaka maymunlariga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lganligi aytilgan.

Neuralink hayvonlar bilan "eng insonparvar va axloqiy tarzda" ishlaganini ta’kidlamoqda.

Kompaniya shu yil oxirida qurilmani odamlarda sinab ko'rishni boshlashga umid qilmoqda.