Ilon Maskning SpaceX raketasi Oy bilan to'qnashish arafasida

Ilon Maskning kosmik tadqiqotlar kompaniyasi tomonidan uchirilgan raketa Oyga qulab tushishi va portlashi kutilmoqda.

Falcon 9 kuchaytirgichi 2015-yilda uchirilgan. O’z missiyasi yakuniga yetgandan so’ng, yoqilg’i qolmaganligi sababli Yerga qaytmadi va koinotda qolishiga to'g'ri keldi.

Astronom Jonatan Makdauellning BBC News ga xabar berishicha, bu Oy bilan birinchi rejalashtirilmagan raketa to‘qnashuvi bo‘ladi.

Ammo, ta'siri juda kam bo'ladi deya qo’shimcha qilib o’tdi u.

Raketa yetti yil muqaddam kosmik ob-havo ma’lumotlarini million kilometrlik manzilga yetkazib berish missiyasi nihoyasiga yetgandan keyin orbitada qolib ketgan edi.

Bu, janob Mask SpaceX kosmik tadqiqotlar dasturining bir qismi bo'lib, oxir-oqibat odamlarni boshqa sayyoralarda yashashi maqsad qilingan tijorat kompaniyasi edi.

2015 yildan beri raketa Yer, Oy va Quyoshning turli tortishish kuchlari orasida harakatda bo’ldi va bu uning yo'lini biroz "xaotik" qilib qo'ydi, deydi AQShda joylashgan Garvard-Smitson astrofizika markazi professori Makdauell.

"U harakatdan to’xtagan ya’ni faqat tortishish qonunlariga rioya qilgan holda koinotda kezib yurgan edi".

U millionlab boshqa kosmik chiqindilarga qo'shildi. Bu chiqindilar missiyalari tugagach Yerga qaytish uchun yetarli energiyasi bo’lmagan mashinalardir.

"Oʻn yillar davomida biz 50 ga yaqin yirik obyektlarni yo’qotib qo’yganmiz. Bu avval ham bir necha bor sodir boʻlgan boʻlishi mumkin, lekin biz payqamagan bo'lishimiz mumkin. SpaceX to'qnashuvi tasdiqlangan birinchi holat hisoblanadi”, - deydi professor Makdauell.

Falcon 9 ning taxminiy halokatini jurnalist Erik Berger Ars Technica kosmik veb-saytida va ma'lumotlar tahlilchisi Bill Grey o'z blogida yoritib o’tgan.

To'qnashuv raketa Oy bilan kontaktga kirishganda sodir bo’ladi. Ushbu sana 4 - mart kuniga to’g’ri kelishi kutilmoqda.

"Bu to'rt tonnalik bo'sh metall tank bo’lib ortida raketa dvigateli mavjud. Agar uning soatiga 5000 milya tezlikda toshga urilishi tasavvur qilinsa, bu juda xatarli bo’ladi" - deydi professor Makdauell.

Raketa Oy yuzasida o’zidan kichik sun'iy krater qoldiradi.