Immuniteti mustahkam odamlar koronavirusga qarshi vaksina olmasa ham bo'ladimi?

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig'ining o'rinbosari Nurmat Otabekov o'z vaqtida tibbiy ko'rikdan o'tadigan, sog'lig'iga doimiy e'tibor qaratadigan va immuniteti mustahkam bo'lgan odam vaksina olmasa bo'ladimi degan savolga javob berdi.

-Biz o'zimizni har qanday jihatdan sog'lom va immunitetimiz mustahkam deb hisoblashimizdan qa'tiy nazar emlanishimiz kerak. Aks holda biz baribir ham kasallikni yuqtirib olish ehtimolimiz saqlanib turadi.