Imzo brendi franshizasi Samarqand shahrida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

Joriy yilning 28-may kuni Samarqand shahrida Imzo rasmiy franshiza korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida kompaniyaning ochilish marosimi bilan birgalikda taqdimot, shuningdek, ishlab chiqarish bo‘ylab ekskursiya o‘tkazildi. Korxonada eng ommabop mahsulotlar ishlab chiqarish bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda. Unda alyumin va PVX profillardan yasalgan deraza va eshiklar, rollet va fasad tizimlari ishlab chiqariladi.
Tadbirda AKFA Group bosh direktori Kamran Abduzahidovich G‘ulomov va Imzo franshiza loyihasi menejeri Bahodir Abdurazzaqovich Hakimovlar ishtirok etdi.
Korxonaning ishlab chiqarish maydoni 8000 m2 bo‘lib, maksimal ishlab chiqarish quvvatini yiliga 180 000 m2 mahsulotga oshirish mumkin. Maskanda 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Shuningdek, Imzo rasmiy shourumi barchaga o‘z eshiklarini ochdi. Bu yerda mehmonlar eng so‘nggi mahsulotlar bilan tanishishlari va mutaxassislarga o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan yuzlanishlari mumkin.
Yangi ochilgan franshiza loyihasi sheriklarga nafaqat ushbu brendining nufuzli obro‘siga ega bo‘lish imkoniyatini, balki keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlanadigan biznesni boshqarish bo‘yicha batafsil qo‘llanmalarni, shu jumladan marketing, IT va HR yo‘nalishlaridagi tajribalar, tayyor hujjatlar va franshiza intellektual mulkini ham olishini anglatadi.






